Biz Haqida

Mamlakat reklama sanoatini rivojlantiramiz

Umumiy ma'lumot

NAIR

O‘zbekiston Reklama Industriyasi Milliy Assotsiatsiyasi (NAIR Uz) - tashqi reklama, transport reklamasi, dizayn, reklama mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda vizual kommunikatsiyalar sohalarida faoliyat yurituvchi yetakchi mutaxassislarni o‘z safida birlashtirgan nodavlat, notijorat tashkilotdir.

2026

Assotsiatsiya 2006-yilda “Toshkent Reklama Assotsiatsiyasi” nomi bilan tashkil etilgan. 2019-yilda esa rebrending o‘tkazilib, “O‘zbekiston Reklama Industriyasi Milliy Assotsiatsiyasi (NAIR)” deb nomlandi.

Tarkib

Assotsiatsiya tarkibiga reklama bozorining yetakchi va ijtimoiy mas’uliyatli mutaxassislari kiradi. Assotsiatsiyaga a’zo bo‘lish uchun uning amaldagi ikki nafar a’zosining tavsiyanomasi talab etiladi.

Assotsiatsiyaning asosiy vazifalari:
  • reklama biznesi infratuzilmasini rivojlantirishga har tomonlama ko‘maklashish;
  • reklama sanoatining mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmog‘i sifatidagi nufuzini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashish;
  • o‘zini o‘zi boshqarish tamoyillarini rivojlantirish;
  • NAIR a’zolari faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • Assotsiatsiya a’zolarining umumiy kasbiy, mulkiy va boshqa qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida davlat hokimiyati hamda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarida ularning manfaatlarini ifoda etish;
  • xalqaro reklama tashkilotlari bilan hamkorlik qilish va axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
  • Assotsiatsiya ta’sischilarining biznesini rivojlantirish uchun yaratilgan xalqaro tajribani o‘rganish;
  • Assotsiatsiya a’zolari o‘rtasida ishbilarmonlik hamkorligini rivojlantirish uchun sharoit yaratish;
  • mamlakat reklama sohasiga investitsiyalarni jalb etish.

Assotsiatsiyaning oliy boshqaruv organi - NAIR A’zolarining Umumiy yig‘ilishi, ijro etuvchi boshqaruv organlari esa NAIR Kengashi va NAIR Kengashi Raisi hisoblanadi.

NAIRning muhim vazifalaridan biri reklama va dizayn sohasidagi qonunchilik hamda normativ-huquqiy bazani ishlab chiqishda ishtirok etishdir. Assotsiatsiya reklama sohasiga oid O‘zbekiston Respublikasining asosiy qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqishda tashabbuskorlardan biri bo‘lib kelgan va ushbu jarayonlarda faol ishtirok etgan.

Assotsiatsiyaning O‘zbekiston hududlarida, jumladan Toshkent, Samarqand va Urganch shaharlarida hududiy vakolatxonalari faoliyat yuritadi.

2006-yildan buyon Assotsiatsiya MDH Monopoliyaga qarshi siyosat bo‘yicha Davlatlararo kengashi huzuridagi Reklama bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zosi hisoblanadi.

Assotsiatsiya quyidagi mamlakatlarning reklama sanoati tashkilotlari bilan barqaror hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan:

Assotsiatsiya ustavi

Reklama sanoati milliy assotsiatsiyasining tuzilmasi

ORSMA Umumiy yig‘ilishi ORSMA Kengashi Taftish komissiyasi Ijrochi direktor Ekspertlar kengashi Etika va reklama iste’molchilari shikoyatlarini ko‘rib chiqish qo‘mitasi Tashqi reklama qo‘mitasi Dizayn sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi Reklama mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasi Transportdagi reklama qo‘mitasi Samarqand shahridagi hududiy bo‘lim, Samarqand viloyati Urganch shahridagi hududiy bo‘lim, Xorazm viloyati Buxoro shahridagi hududiy bo‘lim, Buxoro viloyati

Assotsiatsiya a'zolari

Ismoilov Ulug‘bek Islomovich

«Big Idea Group» MChJ rahbari
Reklama industriyasini rivojlantirish qo‘mitasi raisi

Nabiyev Zafar Shuhratovich

«Big Idea Group» MChJ rahbari
Reklama industriyasini rivojlantirish qo‘mitasi raisi

Mirmuhamedova Lola Mirkamilovna

«Big Idea Group» MChJ rahbari
Reklama industriyasini rivojlantirish qo‘mitasi raisi

Yuldashev Shuhrat Yusufovich

«Oriat» MChJ rahbari
Ekspertlar kengashi raisi

Sodiqov Axmatjon O‘tkurovich

«GUNN MEDIA» MChJ rahbari
NAIR Kengashi raisi o‘rinbosari, reklama iste’molchilari shikoyatlarini axloqiy ko‘rib chiqish qo‘mitasi raisi

Pak Yuriy Mixaylovich

«USSO design» QK MChJ Bosh menejeri
Tashqi reklama qo‘mitasi raisi

Yuldashev Anvar Valijanovich

«JCDecaux UZ» QK MChJ Bosh direktori
NAIR Kengashi raisi