2026-yil 25-iyun kuni Sankt-Peterburg shahrida Monopoliyaga qarshi siyosat bo‘yicha Davlatlararo kengash huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi kengashning XXVIII yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda MDHga a’zo davlatlar sanoat birlashmalarining Reklama va marketing kommunikatsiyalari amaliyotining namunaviy kodeksi - reklama faoliyatining yagona axloqiy tamoyillarini shakllantirish, o‘zini o‘zi tartibga solish mexanizmlarini rivojlantirish hamda Hamdo‘stlik davlatlari reklama bozori ishtirokchilari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan hujjat imzolandi.