Ommaviy marketing o‘zining avvalgi tushunchasidagi shaklda asta-sekin o‘tmishga aylanmoqda. Biznes endi «qamrov» va «layk»lar uchun pul to‘lashga tayyor emas - u real savdolar va lidlar uchun haq to‘laydi. Bu esa bir nechta asosiy tendensiyalarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Performance 2.0 va CPA-marketing (Cost Per Action - harakat uchun to‘lov) rivojlanmoqda, reklama beruvchilar aniq natija, masalan, tasdiqlangan ariza yoki buyurtma uchun to‘lov modeliga o‘tmoqda. Bu pudratchilar bilan munosabatlar mantig‘ini butunlay o‘zgartirmoqda. Gibrid to‘lov modellari (qat’iy to‘lov + lidlardan foiz) ayniqsa e-commerce (elektron tijorat) va ko‘chmas mulk segmentlarida odatiy holga aylanmoqda.

Batafsil AdIndex nashrida: adindex.ru