O‘zbekiston Milliy Reklama Industriyasi Assotsiatsiyasi (NAIR) Rossiya Reklama Agentliklari Assotsiatsiyasi (AKAR) bilan hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzoladi. Kelishuvni imzolash marosimi 2026-yil 25-iyun kuni Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tdi. Imzolash marosimida AKAR Prezidenti Piskaryov Sergey Lvovich va NAIR raisi Yuldashev A.V. ishtirok etdi.

Mazkur Kelishuvning predmeti Rossiya va O‘zbekiston kommunikatsiya sohalari tadbirkorlari o‘rtasida teng huquqlilik, o‘zaro hurmat, suverenitet, ikki davlat qonunchiligiga so‘zsiz rioya qilish hamda ichki ishlarga aralashmaslik tamoyillari asosida o‘zaro manfaatli professional hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.